Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-117-SONLI VA OLIY MAJLIS SENATI KENGAShINING KQ-666-IV-SONLI QARORLARI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Ushbu nazorat tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi «Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-117-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-666-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. 

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining aholini budjet jarayoniga keng jalb qilish va tizimni takmillashtirishga oid qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. Asosiy e’tibor — davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning aynan aholi ko‘targan muammolar yechimiga sarflanishini o‘rganish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdir.  

Mazkur nazorat tadbiri shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev hamda deputat A.Sharipovlar tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruh (soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari ishtirokida) shaharning Istiqlol mahallasi hududida joylashgan aholi dam olishga mo‘ljallangan maydonni qayta ta’mirlash orqali yangi qiyofaga olib kelish maqsadida kiritilgan taklif loyihasi bilan tanishdilar. 

Ushbu jarayonda ajratilayotgan mablag‘dan samarali foydalanish va shu orqali shahar aholisi uchun mo‘ljallangan dam olish maskanlarini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. 

Slide 1 of 2