Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Oltinsoy tumanida limonchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

 Mazkur seminar Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov, “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Ch.S. Mirzayev hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Unda viloyatdagi barcha tuman hokimlari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda ilmiy-amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida limonchilikni rivojlantirishning istiqbollari, intensiv usullar asosida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda sohada kooperatsiyani kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mazkur yo‘nalishda limonchilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish hamda aholini bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Seminar yakunida sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 10