Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Beruniy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Mahalla hududida aholiga qulay sharoit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida ko‘p qavatli uylar atrofida o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu jarayon Tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev nazorati asosida tashkil etildi.

🔹 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi. Ko‘p qavatli uylar hududidagi chiqindi maydonchalari, konteynerlarning tozaligi hamda maishiy chiqindilarni olib chiqish grafigiga amal qilinishi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim joylarda konteynerlar atrofi tozalanishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹 Ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) hamda yerto‘lalari holati ham o‘rganildi. Pod’ezdlarning tozaligi, devor va eshiklarning holati, umumiy foydalanish joylarining sanitariya talablari asosida saqlanishi yuzasidan tahlillar qilindi. Shuningdek, yerto‘lalarda ortiqcha chiqindilar to‘planib qolmasligi, ularning muntazam tozalanib turishi va texnik holati nazorat qilindi.

🔹 Ko‘p qavatli uylar atrofi va tutash hududlarning tozaligi ham alohida e’tiborga olindi. Bolalar maydonchalari, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda umumiy foydalanish maydonlarining ozodaligi ko‘zdan kechirildi. Aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida hududlarni muntazam obodonlashtirib borish muhimligi ta’kidlandi.

🔹 Hududlarning yoritilishi holati ham o‘rganildi. Ayrim joylarda tungi yoritish tizimini yaxshilash, nosoz chiroqlarni ta’mirlash yoki yangilarini o‘rnatish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9