Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Kengash_faoliyati

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik”

Korrupsiya — bu aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur etkazuvchi jiddiy jinoyatdir. Biror bir mamlakat, biror bir mintaqa, biror bir jamiyat korrupsiyadan immunitetga ega emas. Korrupsiya poraxoʻrlik, ijtimoiy iste’mol uchun moʻljallangan tovar va xizmatlarni noqonuniy oʻzlashtirish, urugʻ-aymoqchilik, mahalliychilik kabi koʻrinishlarga ega.

Korrupsiya tadbirkorlikka, fanga, ta’limga, sogʻliqni saqlashga va boshqa koʻplab sohalarga jiddiy zarar yetkazadi, mamlakat korrupsiyalashgan tizimda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. Chunki u umumiy boylikning qisqarishiga yoki turgʻunligiga olib keladi.

Oqibatda, insonlarga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻ vositalari qisqarib, bu aholi yashash sharoitlariga salbiy ta’sir qiladi. Bularning hammasi davlat hokimiyati organlariga boʻlgan ishonchga putur yetishiga sabab boʻladi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o’rinbosari B.Yo'ldoshev, tuman Kengashi kotibiyati xodimi Qurbonov Baxtiyor Nomaz o'g'li Kadastr agentligi tuman bo‘limi va Kadastrlar palatasi tuman filialiga borib, “Korrupsiyasiz soha” dasturini muntazam tarzda joriy etish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida ushbu tashkilotda xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi. Davra suhbatida tumanda kadastr tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi. Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta’kidlanib, fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish tizimi ochiq va shaffof sohaga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5