Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
SAXOVATLI QALBLAR BIRLASHGAN XAYRIYA HASHARI

Hududda tashkil etilgan xayriya hasharida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati F.Raxmanov ham faol qatnashib, mahalla hududini obodonlashtirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda mavjud infratuzilmani yanada tartibga keltirish ishlarida bevosita ishtirok etdi. Hashar davomida hududlarni tozalash, chiqindilarni yig‘ishtirish, yashil maydonlarni parvarishlash va obodonlashtirishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. 

Deputat F.Raxmanovning bunday ezgu tashabbuslarda faol qatnashishi aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qiladi. Xayriya hashari esa o‘z navbatida jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, mehr oqibat va saxovat muhitini yanada kuchaytiradi. 

Bu kabi tadbirlar mahallalar obodligi, yurtimiz ravnaqi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1