Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik media-rejasida belgilangan imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash vazifasi doirasida tuman deputati tomonidan hududdagi oilaviy shifokorlik punktlari (OShP) hamda oilaviy poliklinikalarda o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 41-son buyrug‘i talablariga muvofiq, oilaviy poliklinikalarda birlamchi tibbiy yordam va kafolatlangan paket asosida 90 turdagi, oilaviy shifokorlik punktlarida esa 78 turdagi dori vositalari mavjud bo‘lishi belgilanganligi qayd etildi.

Hozirgi kunda birlamchi tibbiy yordam uchun 68 turdagi dori vositalari, shuningdek 28 turdagi dori vositalari elektron retsept orqali reimbursatsiya tizimi asosida quyidagi kasalliklarga chalingan bemorlarga bepul berib kelinayotgani ma’lum qilindi:

⚫️yurak-qon tomir kasalliklari,

⚫️bronxial astma,

⚫️o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi,

⚫️qandli diabet, zob

⚫️kamqonlik,

⚫️surunkali oshqozon yara kasalliklari.

Shuningdek, deputat tomonidan tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 10