Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati O.Sadullayev tomonidan Ishtixon tumani sport maktabida fuqarolar, yoshlar hamda sport sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportni yanada rivojlantirish uchun zarur huquqiy asoslarni yaratishdan iborat. Qonunda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har bir fuqaroning huquqi ekani alohida belgilab qo‘yilgan.

Uchrashuv davomida qonunda belgilangan asosiy tushunchalar, jumladan, jismoniy tarbiya, ommaviy sport, professional sport, sport inshootlari, sport musobaqalari hamda sportchilar faoliyatiga oid huquq va majburiyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanish orqali inson salomatligini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni zararli odatlardan asrash mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Deputat o‘z so‘zida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, sportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga chaqirildi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sportni ommalashtirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4