Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 19-sonli “Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Ayitov Komiljon Kerimbayevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ellikqal’a OFY hududiga tashrif buyurildi.

 Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 19-sonli “Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Ayitov Komiljon Kerimbayevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ellikqal’a OFY hududiga tashrif buyurildi. 

Tashrif davomida deputat Ellikqal’a OFYda yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Qurilish maydonida olib borilayotgan ishlarning borishi, qurilishning sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan muddatlarga rioya
etilishi masalalari o‘rganildi.
  

Shuningdek, deputat qurilish tashkiloti mutasaddilari va ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatni ta’minlash hamda mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi. Qurilayotgan ko‘p qavatli uylar hudud aholisini zamonaviy va qulay turar-joy bilan ta’minlash, aholining
yashash sharoitlarini yaxshilash hamda tumanning ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
 

Mazkur obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlari kelgusida hudud aholisining turmush darajasini oshirish, yangi uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish hamda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aholining manfaatlarini inobatga olgan holda barcha qulayliklarga ega zamonaviy turar-joy majmuasini barpo etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3