Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Zomin tumani Kengash deputati, hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Zomin tumanida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosida tuman yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Zomin tumani hokimi, tuman Kengashi deputati A. Abdug‘aniyev, Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i I. Nurmatov, tuman prokurori X. Abdullayev hamda texnikum talabalari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida iqtidorli yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi reja va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va istiqbolli loyihalari muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini hal etish, sifatli ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda hududda yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 9