Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda komissiya raisi Sh.Xodjiyev, komissiya a’zolari Sh.Qo‘shnazarov, A.Baynazarov, B.Alimov, M.Ibadullayev hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida tumanda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. 

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida 2025-yilda kambag‘allik darajasini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rgatish va aholining daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar eshitildi. 

Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish, tomorqa va dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish orqali bandlikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. 

Yig‘ilish yakunida tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi. Komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazorat qilib borish belgilandi.  

Slide 1 of 3