Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Deputat L.Murotova tomonidan 12-Navbahor saylov okrugi hududidagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, 12-Navbahor saylov okrugi deputati Murotova Lola Ne’matjon qizi hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyati, ularning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari hamda mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida tumandagi Madaniyat uyi va Axborot-bilim markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mazkur muassasalarda aholi, ayniqsa yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish jarayonlari hamda aholiga axborot xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi. 

Shuningdek, mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan madaniyat muassasalari va kutubxonalar aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, madaniyat va ma’rifat sohasini yanada rivojlantirish hamda jamoatchilik bilan yaqin muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6