Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTAT AHOLI BANDLIGI MASALALARI BO'YICHA O'RGANISH OLIB BORDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov Mingchinor mahallasida bo'lib, aholi bandligi bo'yicha olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Qo‘shchinor ko‘chasi 43-uyda yashovchi Oxmurodov Anvar supurgi yetishtirish bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. U supurgi mahsulotlarini ekish, parvarishlash, o‘rib olish, poyasi va donini tozalash hamda bog‘lab tayyor holatga keltirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni oila a’zolari bilan birgalikda qo‘l mehnati orqali amalga oshiradi.

Tayyor mahsulot ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda, shuningdek qo‘shni Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir gektar supurgidan o‘rtacha 40–50 million so‘mgacha daromad olish mumkin. Bundan tashqari, supurgidan chiqadigan ozuqa mahsulotlaridan samarali foydalanish maqsadida Oxmurodov Anvar tomonidan chorvachilik va parrandachilik ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mingchinor mahallasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5