Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI RAISI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 14-Cho‘qqayma saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich tomonidan oʻzi saylangan okrugdagi “Cho‘qqayma” MFY 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla yettiligi va maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibidagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Tadbirda hududdagi kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari ham ishtirok etib aholining kadastr va uy-joy masalasi bo’yicha savollariga atroflicha javoblar berildi. Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan, mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 5