Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Termiz shahrida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Termiz shahar "20-Eskishahar” saylov okrugida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda saylovchilar ishtirokida ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⏺Mazkur uchrashuvda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, shuningdek tegishli mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi.

⏺Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan chiqishdi. Jumladan, mahalla hududida bolalar maydonchasi qurish, ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish, o‘rnatilgan beton ustunlarga tungi yoritgichlar o‘rnatish hamda hududda maktabgacha ta’lim muassasasiga ehtiyoj mavjudligi masalalari ko‘tarildi. Ushbu masalalar mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rish uchun nazoratga olindi.

⏺Uchrashuv doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, 10 nafar fuqaroga jami 4 million 120 ming so‘mlik vaucherlar topshirildi. Shuningdek, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 1-guruh nogironi Zoirov Orzubekning uyini ta’mirlab berish masalasi hal etildi.

💬Bundan tashqari, 1 nafar fuqaroga nogironligi bo‘lgan shaxslar yurishi uchun mo‘ljallangan maxsus aravacha topshirildi. Tadbir davomida fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi hamda bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etilib, aholi uchun bir qator qulayliklar yaratildi.

💬Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita tinglash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda mahallalar rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 9