Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ: "NAVRO'Z" MAHALLASIDAGI UCHRASHUV

🏛 SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ: "NAVRO'Z" MAHALLASIDAGI UCHRASHUV

➡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 1-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabovlar ishtirokida "Navro'z" mahallasi saylovchilari bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.

➡️Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — saylovchilarning dardu tashvishlarini tinglash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga birgalikda yechim topish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflarni o‘rganishdir.

➡️Muloqot davomida ko‘tarilgan asosiy masalalar:

📍 Infratuzilmani yaxshilash: Ichki yo‘llarni asfaltlash, elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf etish va yangi transformatorlar o‘rnatish;

📍 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" orqali berilayotgan imtiyozlar ijrosi;

📍 Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta'minlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalari.

➡️"Saylovchilarimizning ishonchini oqlash — bizning eng oliy burchimizdir. 'Navro'z' mahallasidagi har bir murojaat e'tiborimizda bo‘ladi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat'iy nazoratga olinadi," — deya ta'kidladi D.Safarova.

➡️Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tuman Kengashi raisi va kotibiyat mudiri tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilab olindi.  

Slide 1 of 1