Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

6-Jaloyir saylov okrugi deputati Xotamov Yusuf Eshmurodovich tomonidan “Jaloyir” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda mavjud masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ijtimoiy masalalar, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi hamda ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar mahallani yanada rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga yechim topishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Deputat tomonidan bunday ochiq muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6