Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
🌺 Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom

Bahor nafasi kirib kelgan ayni kunlarda Ishtixon tumanida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tuman hokimligida tashkil etilgan mazkur uchrashuv ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda tumanning turli sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z mehnati va tashabbuskorligi bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar bilan bir qatorda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik, mahalla va jamoatchilik hayotidagi faolligi alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar ayolning oiladagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda jamiyat barqarorligidagi muhim rolini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, deputatlar tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ham qayd etildi.

Bayram tadbiri davomida san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan rang-barang konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Dilbar kuy-qo‘shiqlar va bahorni tarannum etgan sahna chiqishlari davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🌸 Bunday ehtirom va e’tibor ayollarning jamiyatdagi o‘rni naqadar ulug‘ ekanini yana bir bor namoyon etdi. 

Slide 1 of 2