Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashiga 11-Chayjovul saylov okrugidan saylangan deputat Soliyeva Vasila Ismoilovna Humo mahallasida joylashgan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi bilan ochiq muloqot tarzida saylovchilar uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda mas’ul tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda hudud aholisi faol ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilashdan iborat bo‘ldi. Deputat Soliyeva Vasila Ismoilovna o‘z chiqishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda kelgusidagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Fuqarolar tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, bandlik masalalari hamda ijtimoiy yordam bilan bog‘liq bir qator murojaatlar bildirildi.

Uchrashuv davomida mas’ul tashkilotlar vakillari ham fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, fuqarolarning taklif va muammolarini tinglash, ular bilan bevosita muloqot qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani yana bir bor o‘z ifodasini topdi. 

Slide 1 of 4