Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Ichki yo‘llar holati deputat nazoratida

Bugungi kunda mahalla ichki yo‘llarini ta'mirlash ayniqsa mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini ko‘zdan kechirish, fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish mas’ullar zimmasidagi muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov hamda Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilovlar tomonidan tumanning olis hududlardan biri bo‘lgan Beshbola mahallasi Oqtosh qishlog‘ida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari sifati o‘rganildi.

Mazkur hudud 2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumi g‘oliblaridan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, loyiha doirasida mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari bajarilmoqda. O‘rganish davomida yotqizilgan asfalt qoplamasining sifati, yo‘l chetlarini mustahkamlash hamda drenaj tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar tomonidan bajarilgan ishlarning belgilangan me’yor va talablarga mosligi joyida ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar sifatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish hamda bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 5