Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Chag‘atoyda deputat va mahalla raisi hamkorligi kuchaytirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna Chag‘atoy mahallasida mahalla raisi Begmatov Dilshod bilan uchrashib, hududdagi muammolarni birgalikda hal qilish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar keng muhokama qilindi:

  • Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordamni samarali tashkil etish;
  • Xotin-qizlar faolligi, yoshlar bandligi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
  • Hududdagi jinoyatchilik va ijtimoiy xavfsizlik holatini yaxshilash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
  • Mahalladagi barcha tizimli muammolarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich hal qilish bo‘yicha birgalikdagi reja ishlab chiqish.

Deputat Abdurazzaqova Zebo Safarovna mahalla raisi bilan hamkorlikda mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish, aholi bandligini oshirish, ijtimoiy yordamlarni manzilli yetkazish va hududdagi profilaktik ishlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Mahalla raisi Begmatov Dilshod esa deputat bilan birgalikda amalga oshiriladigan rejalarni muvofiqlashtirish, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va mahalla tizimida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida hududdagi muammolarni birgalikda hal etish, xizmat sifatini oshirish va aholiga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu orqali Chag‘atoy mahallasi aholisining turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar yanada samarali davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3