Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi Qiyot mahallasida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek aholi bandligini oshirish hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish darajasini yanada yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Qiyot mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida mahalla hududidagi fuqarolarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish holati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish hamda aholini o‘zini o‘zi band qilish orqali doimiy daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarini yuritish orqali aholining bandligini ta’minlash, mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish, yuqori hosildor ekinlar yetishtirish hamda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tomorqa yer uchastkalarida issiqxonalar tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash orqali aholi daromadlarini oshirish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada mahalla fuqarolariga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda boshqa preferensiyalardan foydalanish tartibi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qiyot mahallasida tomorqa xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 7