Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Parkent tumani “Qo‘lichi” mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “Qo‘lichi” MFY raisi B.Yunusova, 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Z.Xusniyev hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida “Qo‘lichi” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida deputat M.Berdiqulova “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va ishootlarga bo’lgan huquqlarni e’tirof etish to’g’risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi. Tadbir so‘ngida aholining kadastr va uy-joy masalasi bo’yicha savollariga atroflicha javoblar berildi. 

Slide 1 of 5