Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

 Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida hududlardagi sport inshootlari holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 10-Boyqozon saylov okrugidan saylangan deputat Ermatov Alibek Xojimurotovich “Boyqozon” MFY raisi bilan hamkorlikda mahalla hududida joylashgan sport majmuasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida sport majmuasining mavjud sharoitlari, sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati o‘rganildi. Xususan, sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, sport inventarlarining yetarliligi va ulardan foydalanish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4