Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Raximqul Maxammadiyev 2025-yil IV choragi yakuni bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Raximqul Maxammadiyev 2025-yil IV choragi yakuni bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 14-"Paxta" saylov okrugidan saylangan deputat Raximqul Maxammadiyev Xoliqovichning 2025-yil to‘rtinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev, bosh mutaxassis U.Shopotixov, mahalla “yettiligi”, mahalla faollari hamda turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. 

️Axborotda deputat ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar, jumladan issiq suv, ichimlik suvi va oqova tarmoqlaridagi muammolar bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni yoritib o‘tdi. Shu davr mobaynida 1 ta sayyor qabul tashkil etilib, 9 nafar fuqaroning 5 ta murojaati va takliflari ko‘rib chiqildi, 7 ta sessiyada ishtirok etildi, 1 marotaba eshituvlar o‘tkazildi va 2 ta jamoat tadbirlarida qatnashildi. Shuningdek, deputat 2 marotaba fuqarolar qabulini tashkil qilib, 2 deputatlik so‘rovi yubordi. 

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligi hamda ijtimoiy muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Deputat ushbu takliflar deputatlik faoliyatida inobatga olinishi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish choralar ko‘rilishini qayd etdi.

Yig‘ilish yakunida deputatning 2025-yil to‘rtinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan axboroti saylovchilar tomonidan ma’qullandi. Shuningdek, uchrashuvda “Istiqbol” va “Paxta” mahallalarida mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv fuqarolarning murojaatlarini bevosita eshitish, muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi. 

Slide 1 of 10