Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Chilonzor tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda.

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Chilonzor tumani “Qatortol-1” mahallasida mahalla faollari hamda “yettilik” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 Uchrashuv davomida hudud aholisi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar, mahalladagi mavjud kamchiliklar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan “yettilik” a’zolarining fikr va takliflari tinglandi. 

  Xususan, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi. 

 Deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi. 

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.  

Slide 1 of 1