Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tashabbusi bilan “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida Donoxon Maxmudova mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ayollarning siyosiy-ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.