Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
ROMITANDA “SIYOSATDAGI YOSHLAR” TURNIRI: YOSHLAR — PARTIYA TAYANCHI, KELAJAK BUNYODKORLARI!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan Romitan tuman 3-son texnikumida “Siyosatdagi yoshlar” mavzusida mazmunli va bahslarga boy turnir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman Kengashi18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi Z.Tuyevaga so'z berib, mamlakatimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki hamda partiyaning bu boradagi ustuvor vazifalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, bilimli, tashabbuskor va faol yoshlar — yurtimiz taraqqiyotining mustahkam tayanchidir.

Turnirda 5 ta jamoa — “Taraqqiyot”, “Yangi asr”, “Yoshlar qanoti”, “Ilm chashmasi” va “Siyosatchilar” guruhlari o‘zaro bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. 

Savol-javoblar, siyosiy tahlil va jamoaviy chiqishlar orqali ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini namoyon etdilar, balki mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamladilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida “Yoshlar qanoti” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol ishtirokchilar partiya tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlarda siyosiy ong va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularni partiya g‘oyalari atrofida birlashtirish hamda kelajak yetakchilarini tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 1