Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Sifatli transport xizmati — aholi farovonligi garovi: Deputatlar Yangiobod mahallasidagi avtoshoxbekat holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Samanov, Kengash raisi D.Xashimova hamda deputatlar A.Toshpo'latov, A.Xamrayev va O.Maxmudovlar bugun tuman Kengashi kotibiyati tomonidan belgilangan haftalik ish rejasi ijrosi asosida "Yangiobod" mahallasida joylashgan "Avtoshoxbekat" majmuasida bo‘lib, u yerdagi mavjud holat va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi:

Harakatlanish grafigi va intizom

Yo‘nalishli avtobuslar va mikroavtobuslarning qatnov oralig‘i (intervali) tahlil qilindi. Aholining ortiqcha kutib qolmasligi uchun harakatlanish vaqtlari va dispetcherlik xizmati faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shoxbekat infratuzilmasi:

Yo‘lovchilar uchun kutish zallari, ona va bola xonalari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalarining bugungi holati deputatlar e’tiborida bo‘ldi. Ob'ektning texnik jihozlanishi va xizmat ko‘rsatish madaniyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, transport vositalarining texnik holatini muntazam nazorat qilib borish va xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi

Slide 1 of 7