Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI

🤝 Xususan, 14-“Bog‘zor” saylov okrugidan saylangan deputat O.Sharafutdinova Kengash kotibiyati bilan hamkorlik grafigi asosida "Gulira’no" MFYda bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil etdi.

🗣Uchrashuv davomida mahalla aholisining ijtimoiy, kommunal va huquqiy masalalardagi murojaatlari mahallaning o‘zida tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir muammo atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha «mahalla yettiligi» va tegishli tashkilot mas’ullariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🔍 O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" bilan quyidagi dolzarb masalalar tahlil qilindi:

🔹 Yoshlar yetakchisining faoliyati, yigit-qizlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati;

🔹 Mahalladagi sport inshootlari va umumta’lim maktablarining holati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar;

🔹 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari (pod’yezd), yerto‘lalari tozaligi hamda atrof maydonlarning yoritilganlik darajasi;

🔹 Hududdan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi.

🧹 Shuningdek, deputat mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

✅ Maqsadimiz — xalq ichiga kirib, har bir fuqaroning dardini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish!

Slide 1 of 9