Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda shahar Kengashi deputatlari X. Muhammedov, N. Xudayqulovalar Navoiy shahri hududidagi Turon mahallasida bo‘lib, mahalla mas'ullari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla binosining holati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, bino qisman ta’mirtalab ahvolga kelgan. Xususan, bino zinalaridagi marmar qoplamalarda yemirilish va yoriqlar kuzatilgan bo‘lib, ayrim joylarda ularni almashtirish zarurati mavjud. Bundan tashqari, tashqi devor qismlarida ham ta’mirlash ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Mazkur holat binoning estetik ko‘rinishi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Deputatlar tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla binosini bosqichma-bosqich ta’mirlash hamda zarur mablag‘larni jalb etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari kelgusida ham mahallalarda olib borilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Slide 1 of 7