Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Ta’limga e’tibor - kelajakka sarmoya

Ta’limga e’tibor - kelajakka sarmoya

👍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Muhiba Sayfiddinova saylov okrugida joylashgan Toyloq tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

👍2005-yilda hashar yo‘li bilan barpo etilgan mazkur ta’lim muassasasida ayni paytda 373 nafar o‘quvchi 2 smenada tahsil olmoqda. Maktabda 10 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, ularning barchasi dars jarayoni uchun foydalanilmoqda. Natijada fan laboratoriyalari, kutubxona, sport zali, ma’naviyat va tibbiyot xonalari kabi zarur infratuzilma obyektlarini to‘liq tashkil etish imkoniyati cheklanganligi maktab rahbariyati hamda ota-onalar tomonidan ma’lum qilindi.

Qo‘shimcha mashg‘ulotlar va to‘garaklar tashkil etish imkoniyati ham mavjud sharoit sababli cheklanib qolmoqda.

👍Shu bilan birga, maktab jamoasi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, yuqori natijalarga erishib kelayotganligi quvonarli, xususan, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi “Yosh chegarachilar” musobaqasining respublika bosqichida 1-o‘rin hamda ikki marotaba 4-o‘rinni egallagani ta’lim muassasasida iqtidorli yoshlar va salohiyatli pedagoglar borligini ko‘rsatadi.

👍O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qo‘shimcha o‘quv xonalari qurish hamda sport va madaniy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar shakllantirildi. Ushbu yo‘nalishlarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

👍 Ta’lim muassasalarida munosib shart-sharoit yaratish — kelajak avlod kamoloti uchun mustahkam poydevor. Zero, yoshlar ta’limiga qaratilgan e’tibor — mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan e’tibor.

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4