Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi

 Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi 

Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati A.Ibragimov Navbahor MFYda mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlar bandligi, hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligi yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni o‘z vaqtida tayinlash masalalariga alohida e’tibor
qaratildi. Bildirilgan taklif va muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari ham muhokama qilindi. Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va har bir masalaga manzilli yondashuvni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv yakunida mahallada
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4