Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrug hududidagi Qiziltog‘ shaharchasida joylashgan Parkent tumani Adliya bo‘limi 2-son FHDYO bo‘limida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda 2-son FHDYO bo‘limi rahbari Axrolova Saodat O‘ktamovna tomonidan ma’lum qilinishicha, shaharcha va unga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qiziltog‘, Nomdanak, Shampan, Novdak, Nevich hamda Sanganak hududlari Parkent tumani 2-son FHDYO bo‘limiga biriktirilgan. O‘rganish jarayonida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, xususan tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim holatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati tahlil qilindi. Shuningdek, ariza va murojaatlarni qabul qilish tartibi, xizmat ko‘rsatish tezkorligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan xizmatlar sifati, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining shaffofligi va aholiga yaratilgan qulayliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda tizim faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4