Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi

Joriy yilning 26-fevral kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev Navoiy shahrida joylashgan 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat poliklinika faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, profilaktika ishlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi. Muassasa rahbariyati tomonidan ta’kidlanishicha, poliklinika hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda dispanser nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda.

Alisher Mirzaev qabul bo‘limi, laboratoriya, emlash xonasi va tor mutaxassislar kabinetlarida bo‘lib, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Ayniqsa, navbatlarni kamaytirish, elektron ro‘yxatga olish tizimini joriy etish va aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, ularning mehnat sharoiti, oylik maoshlari, moddiy-texnik ta’minoti hamda malaka oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Tibbiyot xodimlari o‘z navbatida sohadagi ayrim muammolar, jumladan, ayrim jihozlarni yangilash, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish va qo‘shimcha mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligi haqida ma’lumot berdilar.Yakunida Alisher Mirzaev birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholi roziligini ta’minlash va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish muhimligini qayd etdi. Ushbu tashrif hududda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 7