Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
XAVFSIZ MAHALLA: YANGI TIZIM VA MANZILLI ISHLASH MEXANIZMLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan PQ-1-son qaror bilan respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish borasida mutlaqo yangi — yaxlit va manzilli ishlash tizimi joriy etilmoqda. Mazkur hujjat 2025-yilda boshlangan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
2025-yil tajribasi – ijobiy natijalar:
Qarorda qayd etilishicha, 2025-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mahallalarda jinoyatchilik qariyb 1,5 baravarga kamaygan. Bu esa ijtimoiy profilaktika tizimi to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini ko‘rsatadi. Endilikda ushbu natijalarni mustahkamlash va barqaror tizimga aylantirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Qarorning asosiy maqsadlari:
Yangi qaror bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi:

1. Manzilli profilaktika orqali jinoyatchilikni keskin kamaytirish:
Har bir mahalla kesimida kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, muammo ildiziga yetib borish va individual profilaktika
choralarini qo‘llash ustuvor vazifa etib belgilandi.

2. Ayollar va yoshlar jinoyatchiligini ilmiy asosda o‘rganish:
Oila-turmush munosabatlari doirasida yuz berayotgan jinoyatlar sabablarini “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyili asosida o‘rganish va amaliy mexanizmlar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
3. Tezkor murojaat va elektron nazorat tizimi:
Noqonuniy holatlar bo‘yicha murojaatlarga tezkor munosabat bildirish tizimi yaratiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy etiladi.

Mahallalar “nomma-nom” biriktiriladi.
2026-yilda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar aniq mas’ul rahbar va tashkilotlarga biriktiriladi. Endilikda:

“Qizil” toifadagi mahallalar — tuman va viloyat rahbarlari zimmasiga;
Uzoq yillardan buyon og‘ir ahvoldagi hududlar — huquq-tartibot idoralari va ilmiy muassasalarga;
Ayollar jinoyatchiligi yuqori bo‘lgan hududlar — oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash va adliya tizimiga biriktiriladi.
Bu yondashuv shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish va “mas’ul — natija” tamoyilini qat’iy joriy etishga xizmat qiladi.

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” – yangi amaliy mexanizm:
Qarorga ilova sifatida tasdiqlangan Nizomga muvofiq, mahallalarda muntazam ravishda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” o‘tkaziladi.
Haftalik doirasida:
- Ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan individual ishlash;
- Ishsizlik muammosini hal qilish bo‘yicha mehnat yarmarkalari;
- Huquqiy maslahatlar va sayyor qabullar;

- Nizoli oilalar bilan manzilli ishlash; - Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish tadbirlari;
“Mahalla yettiligi” tomonidan aniq xulosalar shakllantirish va ijroga yo‘naltirish kabi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Haftalik yakunlari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.
Raqamli tizimlar joriy etiladi:
Ichki ishlar vazirligiga bir qator muhim vazifalar yuklatildi:
Fuqarolarning murojaatlarini xizmat planshetlari orqali real vaqt rejimida qabul qilish;
“Mening inspektorim” mobil ilovasini ishlab chiqish;
“E-ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida “E-nizoli oila” modulini joriy etish;
Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini kengaytirish.

Bu esa inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish, shaffoflikni oshirish va tezkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonun ustuvorligi va qat’iy nazorat:

Qaror bilan jinoyatlarni hisobdan yashirish, noto‘g‘ri malakalash yoki murojaatlarni ro‘yxatga olmaslik holatlariga mutlaqo barham berish bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi. Har bir darajadagi prokuror va ichki ishlar organlari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Har oy va har chorak yakunida natijalar tanqidiy muhokama qilinadi hamda mas’ullarga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish mexanizmi joriy etiladi.
Asosiy tamoyil: “Obod va xavfsiz mahalla”
Mazkur qaror mahallalarda xavfsizlikni faqat huquqni muhofaza qilish organlari zimmasiga yuklash emas, balki mahalla, hokimlik, ijtimoiy xizmatlar va jamoatchilikning hamkorlikdagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

PQ-1-son qaror bilan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda profilaktika — jazodan oldingi asosiy vosita sifatida ko‘rilmoqda. Manzilli ishlash, raqamli nazorat, shaxsiy javobgarlik va jamoatchilik ishtiroki asosiy
ustunlarga aylanmoqda.
Mazkur hujjat ijrosi mahallalarda barqaror xavfsizlikni ta’minlash, aholi roziligiga erishish va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Hamid AKMALOV

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi,
Toshkent davlat yuridik universiteti magistri
.

Slide 1 of 1