Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Zarbdorda bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Ushbu kun doirasida joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Zarbdor tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati M.Isroilova hamda tuman IIB rahbari E.Ahmedov ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning kelgusidagi rejalari, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari, kasb tanlash masalalari hamda bandlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va zararli illatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kelajak maqsadlari yuzasidan fikr almashdilar. Mutasaddilar tomonidan ularga to‘g‘ri kasb tanlash, bilim va malaka oshirish hamda qonunlarga hurmat ruhida yashash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning hayotiy qarorlarini ongli ravishda qabul qilishiga ko‘maklashuvchi muhim muloqot sifatida xizmat qildi.

Slide 1 of 6