Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
RASMIY MUNOSABAT

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizda yoshlar siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Mazkur tashabbuslar, eng avvalo, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatlidir. Kredit mablag‘larining kengaytirilishi, imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlari hamda startaplar tashkil etilishi, “Kelajak tadbirkori”, “Yangi avlod tadbirkorlari”, “Mening birinchi kasbim”, “Ikkinchi imkon” kabi dasturlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribani joriy etish, volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Xalq deputatlari tuman Kengashi mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, har bir tashabbusni joylarda samarali amalga oshirish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish borasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi. Har bir yoshning g‘oyasi, tashabbusi va intilishlari qo‘llab-quvvatlanishi — bizning ustuvor vazifamizdir. Ishonamizki, ushbu tarixiy tashabbuslar yoshlarimizning salohiyatini to‘liq namoyon etish, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga mustahkam zamin yaratadi.