Tuman Kengashi deputati G. Tursunova “Katta chinor” mahallasida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holatini, xususan, maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishi jarayonini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi chiqindi to‘plash shoxobchalari, ularning sanitariya holati hamda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputat tomonidan mahallada ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, aholiga qulay va toza muhit yaratish borasidagi ishlar nazoratga olindi.