Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida deputatlar faoliyati, yig‘ma jildlarning yuritilishi, ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
🔎Aniqlangan masalalar yuzasidan Kengash va kotibiyat mas’ullariga amaliy-uslubiy tavsiyalar berilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.