35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

BANDLIK VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam olish hamda kredit mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib har bir masala yuzasidan amaldagi tartib-taomillar va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Bandlik masalasida fuqarolarning mehnat qilish istagi va mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy yordamga ehtiyojmand fuqarolarga tegishli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarga mavjud kredit dasturlari va ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3