35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida sport zalining sanitariya va texnik holati, mavjud sport jihozlarining foydalanishga yaroqliligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ayrim sport anjomlarining eskirgani va yangilashga ehtiyoj mavjudligi, shuningdek, sport zalidagi ayrim jihozlarni ta’mirlash hamda qo‘shimcha sport inventarlari bilan ta’minlash zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, sport zalini zamonaviy sport anjomlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, mavjud jihozlarni ta’mirlash va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar belgilandi. Mazkur masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1