Toyloq tuman hokimi tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev G'o'lba mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘allik reyestrida turuvchi oilalarning xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy-maishiy sharoiti o‘rganildi.
Jumladan, F. Ergashev, Z.Ismoilova, N.Jo‘raqulov, G.Umurzoqova, X.Ashurov, F.Kenjayeva xonadonlarida bo‘lib, oilalarning muammolari, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.