35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Isoqov Marat tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — hududlardagi ichki yo‘llarning holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan Kuyovboshi mahallasi Fayzli ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida ko‘chaning 500 metr qismini shag'allashtirish yoki asfaltlash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur yo‘l qismi shu vaqtga qadar asfaltlashtirilmagan bo'lib, yoz oylarida chang to'zon, yog'ingarchilik mavsumida loy bo'lishi bilan yo‘lning bugungi holati zamonaviy va qulay harakatlanish talablariga javob bermasligi qayd etildi.
Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabar berilib, mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning amaliy yechimi va belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1