O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Artiqov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Kamolov ishtirokida “Ochiq budjet” loyihasining joriy yilgi 2-mavsumi bo‘yicha ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda loyihaning 2-mavsumi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🤝 “Ochiq budjet” — fuqarolar tashabbusi, jamoatchilik ishtiroki va ochiqlikni ta’minlashning muhim mexanizmi.
📊 Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi manfaatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.