35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🤝 MUROJAATDAN — NATIJAGA, E’TIBORDAN — FAROVONLIKKA!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Xamza mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

📌 O‘rganish davomida, avvalo, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va oilalarning farovonligini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda har bir xonadon bilan manzilli ishlash muhimligini ta’kidladi.

🌱 Asosiy maqsad — har bir xonadon farovonligi, har bir fuqaro uchun munosib hayot va barqaror daromad manbasini yaratish.

📍 Mahalladagi o‘zgarishlar — xalq hayotidagi o‘zgarishlar demakdir!

Slide 1 of 4