📌 QONUNCHILIK HUJJATLARI IJROSI VA TAVSIYALARNING BAJARILISHI SAVOLNOMA ASOSIDA O‘RGANILDI
🏛 Oltinsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugi deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish yo‘nalishlari va tahlil jarayoni:
📋 Savolnoma bo‘yicha tahlil: Nazorat tadbiri davomida mahsus savolnoma asosida Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijro holati atroflicha o‘rganildi.
⚖️ Qonunlar va tavsiyalar ijrosi: Xususan, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosining amalda ta’minlanishi yuzasidan atroflicha monitoring olib borildi.
📈 Xulosa va istiqboldagi vazifalar: O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, yuridik xizmat ko‘rsatish sifati va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz