13-madaniyat saylov okrugi hududida yangidan barpo etilayotgan bolalar maydonchasida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda obodonlashtirish jarayonlarining boshlang‘ich holati o‘rganildi.
👤 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 13-Madaniyat saylov okrugi deputati B.Xusanov o‘rniga, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan mazkur hududdagi qurilish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida bolalar maydonchasining qurilish jarayoni, hududning tayyorgarlik holati hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
👧🧒Bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish — hududlarni obodonlashtirish va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🌳 Mazkur loyiha yakunlangach, mahalla hududidagi bolajonlar uchun maroqli hordiq chiqarish va faol vaqt o‘tkazish imkoniyati yanada kengayadi.
🤝Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish, shuningdek, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.