35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

NAVBATDAGI 33-SESSIYA ISHINI BOSHLADI

  NAVBATDAGI 33-SESSIYA ISHINI BOSHLADI
📌 Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Sessiyada tuman Kengashining 28 nafar deputatidan 25 nafari ishtirok etmoqda, 3 nafari esa uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmayapti.
Sessiyada, shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
🗣 Sessiya o‘z ishini boshlash uchun zarur vakolatga ega ekanligi tasdiqlanib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi ochiq deb e’lon qilindi.
Sessiya davomida kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.