35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#tuman_hokimi

Bugun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev hamda mas’ullar Uzunqishloq mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida, avvalo, mahalla hududidagi ko‘chalar, ariq va zovurlarning holatiga e’tibor qaratildi. Ayrim hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi taʼkidlanib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mahalla mas’ullari tomonidan xonadonbay yurish orqali aholi o‘rtasida tomorqadan unumli foydalanish, xonadonlar ozodaligi va obodonligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.

Slide 1 of 4