35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev o‘z saylov okrugi hududidagi Chamanzor mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunar egallashi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot — ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim omilidir.

Slide 1 of 4